Янгиликлар

Sport maktabi oʻquvchilari maxsus sport kiyimlari bilan ta’minlandi

Bugungi kunda tumanimiz sportchilari respbulika va xalqaro musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib yurtimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarib vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu munosabat bilan Nurobod tumanidagi sport maktabining 219 nafar sportchi-oʻquvchilari 4 turdagi maxsus sport kiyimlari bilan taʼminlandi.

Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida 140 nafar davlat rahbarlari orasida birinchi o‘ntalikda, Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa birinchi bo‘lib nutq so‘zlaydi

140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiyaning kun tartibiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrog‘i BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin o‘ninchi tartib raqami ostida chiqish qiladi. O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari ichidan birinchi bo‘lib so‘z berilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ham endilikda Belarus Respublikasidagi tibbiyot markazlarida tajriba orttirish uchun kelishuvlarga erishildi

Mamlakatimiz delegatsiyasi safida Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Abiyev ham bo‘lib, Belarus Respublikasida joylashgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, tajriba almashishmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM