Bulung‘urda hokimlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun Bulung‘ur tumanida Samarqand viloyatidagi 16 ta tuman-shahar hokimlari hamda  1-sektor kotiblari uchun “Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilib, unda Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari dastlab Bulung'ur tumanining “Amir Hamza” jome masjidida bo‘lib, yaratilgan-shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

So‘ngra Yangi Oʻzbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari taqdimoti o‘tkazilib, unda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tugallangan va qurilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ishtirokchilarga tumanning bugungi kundagi investetsiyaviy salohiyati, tadbirkorlikning rivojlantirilganligi ortidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

“Metin business fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan quvvati 6 ming tonna, qiymati 25,9 milliard soʻmlik sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish loyihasi amalga oshirilib, 20 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Shuningdek, MCHJ ta’sischisi tomonidan 1000 gektar maydonda 23,4 milliard soʻmlik qiymatdagi lalmi yerlarga yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy qilish orqali boshoqli va dukkakli mahsulotlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM