Yer munosabatlarini tartibga solishda rivojlangan davlatlar tajribasi hamda kadastr tizimi xodimlari tomonidan sohadagi muammolarga aniq yechim topish masalalari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida kadastr agentligi tuman  bo‘limi boshlig‘i J.Iskandarov va kadastr palatasi tuman filiali boshlig‘i M.Muxtorov ishtirokida yer munosabatlarini tartibga solishda rivojlangan davlatlar tajribasi hamda kadastr tizimi xodimlari tomonidan sohadagi muammolarga aniq yechim topish maqsadida mahallabay, xonadonbay ishlash mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida dastlab kadastr agentligi Nurobod tuman bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida qilingan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida kadastr agentligi Nurobod tuman bo‘limiga jami 46 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 37 tasi ijobiy yechim topgan, 9 ta murojaat egasiga huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan.

O‘zboshimchalik holatlarini bartaraf etish yuzasidan 27 ta holatda 35.6 gektar yer maydonlari ixtiyoriy bartaraf etilib, dastlabki holatiga qaytarilishi ta’minlandi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida kadastr tizimi xodimlari tomonidan aholi bilan mahallabay, xonadonbay ishlash yuzasidan M.Muxtorovning ma’lumotlari tinglandi.

Nurobod tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan jami 30 917  ta ko’chmas mulk obyektlaridan  28 408 tasi turar joy obyektlari, 2 509 tasi noturar joy obyektlari bo‘lib, barchasi “Ko‘chmas mulk-3” platformasiga to‘liq kiritilgan.

Ushbu platforma hozirgi kunda  Nurobod tumani Soliq inspeksiyasi, IIB, DXM hamda bir qator boshqa tashkilotlarning ro’yxatga olish va ma’lumot almashinish elektron bazalari bilan to’liq integratsiya qilingan.

Tumandagi bino-inshootlar kadastri yuritilishi,  elektron xaritalar va hisob-kitoblar orqali elektron ma’lumot almashinuvi Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar yo‘llagan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berilib, kadastr sohasidagi qonunbuzilishlarni barvaqt aniqlash, tegishli choralarni ko‘rish borasida tizimli ishlar davom ettirilayotgani alohida ta’kidlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM