Mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Bugun Nurobod tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Abduhalimov tashrif buyurib, Prezident va hukumat qarorlarining tumandagi ijrosi yuzasidan mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish, yoshlarga yer ajratish, tibbiyot sohasidagi o‘zgarishlar, maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar, "Yashil" energiyadan foydalanish, aholini kambag‘allikdan chiqarish, noqonuniy turar-joylarni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida qilingan ishlar holati o'rganilib, aholining fikr-mulohazalari tinglandi.

Davlat dasturlar ijrosi yuzasidan faol va tashabbuskor mas’ullarning faoliyati alohida e’tirof etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar berlgilandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM