Tumandagi suyultirilgan gaz ta’minoti tartibi mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Nurobod tumani hokimligida “Nurobodtumangaz” filiali boshlig‘i I.Hamrayev va soha vakillari ishtirokida suyultirilgan gaz ta'minotida ID kartalardan foydanish tartibi masalasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda “Nurobodtumangaz” filiali tomonidan tumandagi suyultirilgan gazga moslashtirilgan 38 ta mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan aholi xonadonlaridagi iste’molchilarni uzluksiz tarzda suyultirilgan gaz mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida Nurobod tumanidagi 20798 ta xonadon muntazam ravishda suyultirilgan gaz bilan ta’minlab kelinmoqda.

Hozirgi kunda har bir iste’molchi xonadonida ID kartalar mavjud bo‘lib, suyultirilgan gaz mahsulotini yetkazib berishdagi to‘lovlar ushbu kartalar orqali amalga oshirilmoqda.

2022-2023 yil aholi xonadonlariga vaqtincha foydalanish uchun shartnoma asosida 1035 dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi.

2024-yil yakuniga qadar aholiga yana 800 ta gaz ballon yetkazib berish rejalashtirilgan.

Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM