Nurobod tumanida 2024-yilda epizootik tadbirlarni o‘tkazish mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Y.Ro‘ziyev va soha mutasaddilari ishtirokida bo‘lim tomonidan 2024-yilda olib borilayotgan veterinariya-sanitariya profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Y.Ro‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra:

“Nurobod tumani viloyatimizda chorvachilikga ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli yo‘nalish bo‘lib, tumanimizda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi 118 tur obyekt mavjud.

Shulardan 19 turi qoramolchilik, 91 turi qo‘ychilik, 8 turi parrandachilik, qolganlari baliqchilik va asalarichilik bilan shug‘ullanib keladi.

Nurobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida bugungi kunda 11ta oliy ma’lumotli veterinariya vrachi, 9ta bakalavr, 13 ta veterinariya feldsheri xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida 4 ta serolog, bakteriologiya, toksikologiya va VSEL bo‘limlari va ualarda 13 ta xodim xizmat ko‘rsatmoqda.
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan 2024-yilda qishloq  xo‘jalik hayvonlari va parrandalar yuqumli parazitar kasalliklarining oldini olish bo‘yicha epizootik tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, tumanda hayvonlar va parrandalarning har xil yuqumli invazion kasalliklarini muhofaza qilish borasida 12 tur diagnostik tekshiruvlar, 4 tur kaprologik tekshirishlar, 4 tur klinik tekshirishlar, 22 tur profilaktik emlash, 7 tur degilmintizatsiyadan o‘tkazish, chora-tadbirlari o‘tkazildi.

Olib borilgan emlash chora-tadbirlari natijasida hayvon va parrandalarning immunologik fondi barqarorligiga erishib kelinmoqda.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo‘llangan savollarga Y.Ro‘ziyev tomonidan batafsil javoblar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM