Tomorqa – mehnatkash inson uchun haqiqiy daromad manbai

Dono xalqimiz tomonidan yerni boqsang yer seni boqadi degan hikmat bejiz aytilmagan. Astoydil mehnat qilgan, yerdan samarali foydalangan inson hech qachon birovga muhtoj bo‘lmaydi, ro‘zg‘ori but, dasturxoni barakali bo‘ladi.

Shu maqsadda yurtimizda tizimli ishlar olib borilib, joylarda tomorqa maydonlaridan unumli foydalanish bo'yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berib kelinmoqda. 

Ushbu islohotlar natijasi va xalqimizning mehnatkash, fidokorligi tufayli kundan kunga aholi turmush darajasi oshib, moddiy holati tobora yaxshilanib bormoqda.

Jumladan, Nurobod tumanida ham bu boradagi ishlar qizg‘zin davom etib, o‘z tomorqalaridan unumli foydalanib, aholi mo‘l-ko‘l hosil olishni maqsad qilgan.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM