Nurobod tumani aholisini uzluksiz elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalarida matbuot anjumanlari tashkil etildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida  tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Z.Boboyorov ishtirokida 2024-yilda aholini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida va “Samarqandsuvta’minoti” MCHJ tuman bo‘limi boshlig‘i A.Ahmedov ishtirokida Nurobod tumani aholisining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi mavzusida matbuot anjumanlari o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritilib, ushbu qarordan ko‘zlangan maqsad iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish ekanligi alohida ta’kidlandi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida tuman aholisining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha A.Ahmedovning ma’lumotlari tinglandi.

Bugungi kunda “Samarqandsuvta’minoti” MCHJ Nurobod tumani bo‘limi tomonidan aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirih maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan 2 ta 500 metr kublik suv saqlash inshooti, 1 dona TP (transformator), 1600 m metall truba olib kelinib, izolyatsiya ishlari bajarilmoqda, suv quduqlari tozalanib, ichki va tashqi tarmoq transhiyalarini kovlash ishlari boshlab yuborilgan.

Matbuot anjumanlari yakunida yig‘ilganlarning o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo‘llagan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM