Nurobodda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi

Fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bugun yurtimizdagi eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Shu maqsadda Nurobod tumani Jom MFY da joylashgan Pedagogika kolleji binosida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida 50 dan ortiq fuqarolar (22 tasi yoshlar, 26 tasi xotin-qizlar) hamda tumanda faoliyat olib borayotgan 10 ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 100  dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

10 nafar fuqaroga turli sohalarga ishga joylashish va 3 nafar fuqaroga kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, qolgan qatnashchilarga mehnat qonunchiligi, kasb-hunar va tillarga o‘qitish, mehnat migratsiyasi, turli sohalarga ishga joylashish to‘g‘risida maslahat va tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM