Nurobodda yangi ma’naviyat xonasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida bergan topshiriqlariga asosan shaklidan qat’i nazar muassasa va tashkilotlarda Ma’naviyat xonasi tashkil etilishi belgilangan edi.

Bugun ushbu topshiriqlarning amaldagi ijrosi o‘laroq ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo‘linmasida Ma’naviyat xonasi tashkil etildi.

Ushbu Ma’naviyat xonasi tuman aholisi va yoshlariga ziyo-ma’rifat va ezgulik ulashishi, ularning ma’naviyatini oshirishga munosib hissa qo‘shishi va ma’naviy-ma’rifiy soha rivojida muhim qadam bo‘lishi, shubhasiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM