Nurobodda "Besh tashabbus olimpiadasi" qizg‘in davom etmoqda

Bugun Nurobod tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida  Para yengil atletika, para stol tennis, para shashka, para shaxmat, aravachada stol tennisi turlari bo‘yicha yoshlar yosh toifasida o‘zaro bellashishdi.

Quvonarlisi, ularning shiddati, intiluvchanligi, yengilmasligi va samimiy quvonchi yig‘ilganlarga ham ko‘chdi.

 Musobaqa so‘ngida har bir ishtirokchi Nurobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Gʻolib boʻlgan yoshlar musoboqaning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qoʻlga kiritdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM