Soliq tushumlari masalasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, mahallalardagi soliq inspektorlari ishtirokida soliq tushumlari masalasida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida budjet tushumi, soliq qarzdorligi hamda qarzdorlikni undirishda amalga oshirilayotgan ishlar holati, sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etish ahvoli tahlil qilinib, masalalar yuzasidan mas’ullarning tegishli hisobotlari tinglandi.

Xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va sustkashliklar jiddiy tanqid ostiga olinib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi va muammolar yechimi yuzasidan kerakli  chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi mas’ullar zimmasiga yuklatildi.

©️ @nur_press

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM