Dala poligoniga sayohat uyushtirildi

Yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Milliy Gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi Nurobod tuman bo‘limi tashabbusi bilan tuman MMTB ga qarashli 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilarining tuman hududida joylashgan  Sazag‘on dala poligoniga sayohati tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o‘quvchilarga harbiy qismda tashkil etilgan sharoitlar, harbiy xizmatni o‘tash tartiblari, saf qoidalari yuzasidan nazariy tushunchalar berilib, mutaxassislar nazorati ostida otish mashqlari o‘tkazildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM