“Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

Nurobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ishtirokida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” uchun o‘qituvchilar o‘rtasida sport musoboqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Nurobod tumani 1-sektor hududidagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat, shashka, mini futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Faxrli o‘rinlarni egallagan maktab jamoalariga hamda pedagog xodimlarga  tuman ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tuman bosqichiga chiqqan maktab jamoalariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM