Migratsiya masalalari bo‘yicha respublika ishchi guruhi Nurobod tumani mahallalarida o‘rganish ishlari olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 apreldagi PF-59-son Farmoni ijrosini ta’minlash va uning targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida respublika ishchi guruhi tashkil etilgan bo‘lib, bugun ushbu guruh  Nurobod tumanining mahallariga tashrif buyurdi hamda o‘rganish-tekshirish ishlari olib bordi.

O‘rganishlar davomida  migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, mehnat jarayoniga samarali jalb etish, ular bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati tekshirildi.

Shuningdek, ishchi guruh va tuman hokimi S.Berdiqulov hamda soha mutasaddilari ishtirokida davra suhbati uyushtirilib, chet elga ishlash uchun ketgan va ketish niyatidagi yoshlarga  kerakli yo‘nalish va tavsiyalar berish, bandligini, ijtioiy muhofazasini ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb va  ustuvor vazifalar belgilab olindi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM