Bu yilgi Ramazon hayitini butun Nurobod ahli yuqori kayfiyat va ezgu niyatlar ila kutib oldi

Bu yilgi Ramazon hayitini butun Nurobod ahli yuqori kayfiyat va ezgu niyatlar ila kutib oldi.

Bugun erta tongdan tuman aholisi joylardagi jome masjidlarga hayit namozini  o‘qish uchun yig‘ilishdi.

Tuman hokimi S.Berdiqulov ham tuman markazida joylashgan "Hazrati Ali" jome masjidiga tashrif buyurib, yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy qutladi.

So‘ngra diniy ulamolar tomonidan Ramazon oyining fazilati, muborak hayit kuni bajariladigan amallar, ezguliklar to‘g‘risida ma’ruzalar qilingach, birgalikda Ramazon hayiti namozini ado etishga kirishildi.

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM