Tomorqa — daromad manbai

Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov sektor hududidagi Arabota, Bunyodkor va Nurafshon mahallalarida bo‘lib, aholining tomorqasidan unumli foydalanayotgani, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar hamda mahalla yettiligining amalga oshirayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mahallalarning ko‘plab xonadonlarida ekin ekish ishlari avjida, bo‘sh qolayotgan yerlar ham haydalib, ekishga tayyor holatga keltirilgan. 

Yashil maydonlar yaratish maqsadida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Aholi o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, mo‘l-ko‘l hosil olishni maqsad qilgan.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM