Xotin-qizlar ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Bitta qiz farzandni o‘qitsangiz — butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz

So‘nggi yillarda yurtimizda yosh avlod, shu jumladan, qizlar ta’lim-tarbiyasi masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Bugun Nurobod tumanining  Ulus va Nurbuloq mahallalarida xotin-qizlar ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman hokimi o‘rinbosari I.Haqqulova yurtimizda ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, qizlar ta’lim olishining nechog‘lik muhimligi, yaratib berilayotgan imkoniyatlar va unumli foydalanayotgan yoshlarning yuksak natijalarga erishayotganini ta’kidlab, o‘quvchilarni faollikka, kuchliroq bilim olishga chaqirdi.

Ijod, san’at, sport sohalaridagi yutuqlari, namunali xulqi va a’lo baholari bilan maktabda namuna bo‘lib kelayotgan o‘quvchi qizlar faoliyatiga alohida to‘xtalib, o‘rnak sifatida ko‘rsatildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM