Tuman markaziy shifoxonasida nogironligi bor shaxsar uchun yangi reabilitatsiya xonalari ochildi

Joriy yilning 20-fevral kuni Davlatimiz Rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida tumanlardagi davolash o‘rinlarining 5 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilangan edi.

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida umumiy koikalar sonining 5 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish uchun ajratildi.

Bugun “Inson” ijtimoiy xizmatlari tuman bo‘limi rahbari N.Jalaliddinov va soha mas’ullari tashkil etilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘limida davolanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Kelgusida ushbu bo‘lim koikalarida faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslar sogʻlomlashtiriladi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM