Sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi S.Berdiqulov, hokim o‘rinbosarlari, xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabulda fuqarolar va yoshlar tomonidan elektr energiyasi, gaz, imtiyozli kredit olish, kadastr, ta'lim krediti, ichki yo‘llar ta'miri, moddiy yordam olish, tibbiy va boshqa masalalar yuzasidan 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Tuman rahbari tomonidan har bir masala yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Tumanda xalq bilan muloqotlar, sayyor qabullar muntazam davom ettirilmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM