Xonadon farovonligi — tomorqadan

Joriy yilning 14-mart kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb va ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalarning Nurobod tumanidagi ijrosi yuzasidan tashkiliy va amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov rahbarligida mas'ullarga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish, bunyodkorlik, ko‘kalamzorlashtirish, aholining tomorqalaridan unumli foydalanishi kabi masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda aholining o‘z tomorqalaridan, yer maydonlaridan samarali foydalanishi  shu xonadonning ro‘zg‘ori  qut-barakasini va turmush farovonligini ta’minlashi ta’kidlandi.

Ayrim mahalla mas’ullarining bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligi qayd etilib, kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM