Tuman rahbari umumta'lim maktablarida bo‘ldi

Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tumandagi 1- va 2-umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, maktablardagi ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tuman rahbari maktablarda dars jarayonlarining to‘g‘ri va mazmunli tashkil etilishi, o‘qituvchi-pedagoglarning dars davomida zamonaviy texnologiyalardan foydalanayotgani, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, maktab oshxonasidagi sharoitlar, sanitariya talablariga rioya qilinayotganligi, faoliyat yuritayotgan o‘quv  va sport to‘garaklari holatini o‘rgandi hamda yuqori sinf o‘quvchilari bilan kelajakdagi maqsad va rejalari to‘g‘risida suhbatlashdi. 

Shuningdek, tuman hokimi maktab kutubxonasini kuzatdi va undagi o‘quvchilarga kitobga oshno tutinishning kelajakdagi foydalari va inson kamolotidagi o‘rni to‘g‘risida maslahatlar berib, ularni yanada kuchliroq bilim olishga chaqirdi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni butkul bartaraf etish yuzasidan maktab direktorlari va boshqa mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM