Umumxalq hasharida barcha faol

Nurobod tumanidagi umumxalq hasharida tumandagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari, mahalla faollari va fuqarolar faol ishtirok etishyapti.

Nurobod tumani hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Haqqulova boshchiligidagi Sharq Yulduzi, Navro‘z, Amir Temur mahallalarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ko‘plab yangi ko‘chatlar o‘tqazish, daraxtlarni oqlash va hudud tozaligi, obodligini ta’minlash orqali umumxalq hashariga munosib hissa qo‘shishdi.

Shuningdek, Jom qishlog‘i aholisi va faollar tomonidan  ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilib, hududdagi qabristonlar xas-xashaklardan tozalandi hamda 600 tup archa ko‘chatlari o‘tqazildi.

Qilinayotgan bu kabi ezgu ishlar tumanimizning yashil makonga aylanishi va havosi musaffoligini oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM