Erkin iqtisodiy zonaning Sazag‘on massivida press-tur o‘tkazildi

Nurobod tumanida joylashgan erkin iqtisodiy zonaning Sazag‘on massiviga ommaviy axborot vositalari xodimlari va faollar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur ishtirokchilari iqtisodiy zona hududida joylashgan “SCHELKOVO AGROHIM UZBEKISTAN” sanoat korxonasi faoliyati, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni, yaratilayotgan ish o‘rinlari, korxonalarning eksport va import jarayonlarida tutgan ulushi bilan yaqindan tanishishdi.

Press-tur yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM