Nurobod tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lumoti

Bugun Nurobod tumanidagi “Ag‘ron”, “Navbahor”, “Olg‘a”, “Chorvador”, “Qo‘rg‘oncha”, “Buloqboshi”, “Arabota”, “Bunyodkor”, “Po‘latchi” va “Nurbuloq” mahallalarida ko‘p yog‘ingarchilik natijasida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi.

Natijada sel suvlari “Olg‘a”, “Chorvador”, “Bunyodkor” va “Qo‘rg‘oncha” mahallalaridan o‘tuvchi yo‘l infratuzilmasiga qisman zarar yetkazdi.

Ijtimoiy soha ob’yektlariga va aholi xonadonlariga zarar yetmagan.

Holatni o‘rganish bo‘yicha Nurobod tumani hokimligi tomonidan qurilish kompleksiga kiruvchi tashkilotlar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida ishchi guruh tuzilib, sel suvlari yetkazgan zararlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Hududda sel suvlari yetkazgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Tumanimiz fuqarolaridan hech qanday sarosimaga hamda xavotirga tushmasliklarini so‘rab qolamiz.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM