Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi

Aholi orasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, kitobga bo‘lgan  qiziqishini oshirish maqsadida yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nurobod tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi barcha mahalla binolarida "Mahalla kutubxonasi" tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, 39 ta mahallaga tashabbuskor homiylar biriktirildi.

Jumladan ushbu tashabbusning amaliy ijrosi sifatida  Samarqand viloyat hokimligi kotibiyat mudiri S.Elmurodov va Nurobod tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Ziyatov tomonidan tumanning "Olg‘a" va "Navro‘z" mahallalariga bugungi kundagi o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara va nodir asarlari, bestsellerlaridan iborat kitoblar to‘plami topshirildi.

Bunday xayrli va ezgu ishlar mevasi bo‘lgan "Mahalla kutubxonalari" mart oyi yakuniga qadar tumanning barcha hududlarida to‘liq tashkil etilishi maqsad qilingan.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM