"Mirzo Ulugʻbek vorislari" Respublika tanlovining Nurobod tumani bosqichi o'tkazildi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda 16-25 yosh toifasidagi yigit-qizlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishdi.

Har bir ishtirokchi o‘z loyihasini taqdimot shaklida hakamlar hay’ati a’zolariga namoyish etdi va chiqishlar malakali mutaxassislar tomonidan baholab borilib, ba’zi loyihalarni yanada takomilllashtirish yuzasidan maslahat va tavsiyalar berildi.

Tanlovning yakunida eng yuqori natija qayd etgan 5 nafar ishtirokchilar

Mirzaraximov Dilyorbek Elyorbek o'g'li;
O'roqov Elbek To'lqin o'g'li;
Olimova Xurshida Voxidovna;
Elboyev Rustam Farxod o'g'li;
Sinayev Sherali Islom o'g'li egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM