Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi

Butun yurtimiz bo‘ylab eng keng nishonlanadigan bayramlardan biri, qalbga ezgulik va quvonch olib kelguvchi Navro‘z bayrami tantanalariga ham oz fursat qoldi.

Ushbu bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish, aholiga har yilgidanda ko‘proq zavq va baxtiyorlik ulashish, bayramning unutilmas bo‘lib qolishini ta’minlash maqsadida Nurobod tumanida ham qizg‘in ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun Nurobod tumani “Mehnat" o‘yingohida tuman hokimi S.Berdiqulov, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganish-nazorat ishlari olib borilib, tashkiliy ishlar muhokamasi o‘tkazildi.

Tuman rahbari tayyorgarlik ishlari holati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi hamda bayramni munosib kutib olishimiz uchun barcha mutasaddilar hamjihatlikda, mas’uliyat bilan ishlashlari lozimligi ta’kidladi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM