Nurobod tumanida pilla yetishtirish yangi bosqichga ko‘tarilada

Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san'at maktabida pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sohada xotin-qizlar faolligini yanada oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Haqqulova, tuman “Agropilla” MCHJ rahbari O.Diyarov hamda tajribali pillakorlar qatnashdi.

Uzoq yillar faoliyat yuritgan agronom ayollar pilla yetishtirishning muhim jihatlari yuzasidan taqdimot qildi. 

Pillakorlarga kerakli maslahat va tavsiyalar berilib. jahon tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, tutzorlar barpo etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar yakunida bir guruh pillakorlar va lider kasanachi ayollar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM