Zulfiyaxonim tavalludi va "Barkamol avlod bolalari" festivali doirasida bayram tadbiri o'tkazildi

Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligi va “Barkamol avlod bolalari” festivaliga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Nurobod tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida  turli yo‘nalishlarda musobaqalar, tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan Zulfiyaxonim she’rlari asosida ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat hamda zavq ulashdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM