Nurobodda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati viloyat hamda Nurobod tuman bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mas’ullar tomonidan ijtimoiy soha obyektlari, ovqatlanish joylari va savdo do‘konlaridagi tozalik va sanitariya holatlari, sotilayotgan mahsulotlarning qanday sharoitda saqlanayotganligi, ularning iste’molga yaroqlilik muddatlari tekshirilib, sifati talabga javob bermaydigan va muddati o‘tgan mahsulotlarni qanday qilib qonuniy almashtirish mumkinligi, shuningdek qanday huquq va majburiyatlari borligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM