Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum boʻlgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.
Yetim va ota-ona qaramogʻisiz boʻlgan yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi taʼkidlandi.
Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum boʻlgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.
Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar roʻyxati shakllantiriladi, ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi. Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar 140 milliard soʻmga yetkaziladi.
Mutasaddilarga 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash topshirildi.