YO‘LLAR SIRPANCHIQ, EHTIYOT BO‘LING!

Zaminni oppoq qor qopladi, qishning asl manzarasidan ko‘z qamashadi. 

Biroq, bu yo‘llardagi avtotransportlar harakatini qiyinlashtirishi turgan gap. Muzlamalarda avtomobil shinalari sirpanib ketib, ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sabab erta tongdan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi va mas'ullar xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. 

Maxsus transportlar yordamida yo'llar tozalanmoqda. Ishchi xodimlar yo‘llarda paydo bo'lgan muzlamalarga qum-tuz aralashmasini sepishmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Siz ham xonadoningiz atrofini qordan tozalab, yo‘laklar ochishingizni, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligingizni so‘raymiz.

Hurmatli haydovchilar, avtotransportda harakatlanishda ehtiyot bo‘ling!
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM