Oltinsoyda kasbga o‘rgatish darslari boshlandi

Ustoz-shogird an'analari xalqimiz orasida qadimdan saqlanib,  yillar davomida sayqal topib kelayotgan qadriyat hisoblanadi.

Bugundan Nurobod tumani 2 - sektor hududida joylashgan Oltinsoy mahallasida 11-sinf bitiruvchilariga usta-shogird anʼanalari asosida usta hunarmandlar tomonidan kasbga o‘rgatish darslari boshlandi.|

Ushbu o‘quv kurslari «Tadbirkor ayol" assotsatsiyasi Nurobod tumani hududiy bo‘linmasining davlat granti asosida tashkil etildi.

Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga kelgusida zarur uskuna-jihozlar, imtiyozli kreditlar olishlarida hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik, hunarmandlik faoliyatlarida kerakli amaliy yordamlar berib boriladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM