Nurobod tumanida Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rganib, ularga amaliy yordam berish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashkil etilib, hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruh bugun Nurobod tumanining eng olis Lolazor mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahalla hududidagi oilaviy shifokorlik punkti hamda 50-umumta’lim maktabidagi ta’mirlash-rekonstruksiya ishlari holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, mahalla yoshlari uchun yangi mini-stadion qurib berilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM