Toza havo — dardga davo

Dono xalqimiz tomonidan''Toza havo — dardga davo'' degan naql bejiz aytilmagan. Bizni toza havo, kislorod bilan ta’minlashda esa daraxtlarning o‘rni beqiyos, albatta.

Bugun Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi hududini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish maqsadida birlashma ishchi-xodimlari tomonidan 1000 tup archa ko‘chatlari ekildi.

Yil — 12 oy yashil tusda tovlanib turuvchi ushbu daraxtlarni birlashmaning shifokorlariga yaxshi yordamchi bo‘ladi deya olamiz, chunki  ular shifoxonada davolanayotgan bemorlarni toza havo bilan ta’minlab, yaxshi kayfiyat ulashgan holda shifo topishlari yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM