Hokim qabulida tushgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

Insonlarning farovon  va baxtli hayot kechirishini ta’minlash, xalq dardini tinglash, mushkulini oson qilish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida xalq bilan muloqotlar, sayyor qabullar, rahbar va yoshlar, fuqarolar uchrashuvlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Albatta, qilinayotgan bu kabi ishlar  o‘z samarasini ko‘p kutdirmayapti.

Nurobod tumani Oqsoy mahallasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulovning fuqarolar qabulida aholi murojaatlari, ularni qiynayotgan muammo hamda takliflari tinglangan va ularning ijobiy hal etilishi bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan edi.

Qabulda fuqaro Mirzayeva Iqbol tomonidan o'zi va qizida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi to'g'risida murojaat kelib tushgandi.

Ushbu murojaat nazoratga olinib, tuman FHDY tomonidan 1960-yilda tug'ilgan Mirzayeva Iqbol va qizi 1994-yilda tug'ilgan Rahmonqulova Shahnozaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi. Bunday e’tibordan ularning qalbi quvonchga to‘lib, minnatdorlik hissini uyg‘otdi.

Xalq murojaatlari doimo e’tiborda!

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM