Nurobodlik yosh qizlar - chempion!

Yosh avlodning jismonan sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishida sportning o‘rni beqiyos.  Ayni shu maqsadda "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati bo‘limi tashаbbusi bilan Oqdaryo tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha 2009-2010-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

Quvonarlisi, qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan bahslar yakunida Nurobod tumani qizlari faxrli I o‘rinni egallab, musoba g‘olibalariga aylanishdi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan I darajali diplom, sport anjomlari va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Yosh chempionlarimizga keyingi faoliyatlarida ham ulkan omad va zafarlar tilaymiz.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM