Janubiy Koreyada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik mustahkamlanadi

Janubiy Koreyadagi boʻsh ish oʻrinlariga oʻzbekistonlik ishchilarning koʻproq kirib kelishini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Koreya Respublikasida boʻsh ish oʻrinlariga belgilangan kvotalar uchun oʻzbekistonlik ishchilarni koʻproq kirib kelishini taʼminlash maqsadida koreys ish beruvchilari oʻrtasida keng targʻibot ishlari olib borilyapti.

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi xodimlari “Heechang C&F Co., Ltd.” korxonasi boshqaruv direktori Kang Hi Daye bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Unda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Kompaniya rahbari tashkilotda mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining korxona ish samaradorligiga munosib hissa qoʻshayotganini, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga masʼuliyat bilan yondashuvi kabi ijobiy xislatlari bilan ajralib turishini eʼtirof etdi.

Muloqot yakunida kelgusida mazkur korxonadagi boʻsh ish oʻrinlariga oʻzbekistonlik ishchilarni jalb etishga kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM