“Hazrati Ali” jome masjidida jonliq so‘yilib, qurbonlik qilindi

Bugun Nurobod tumani markazida yangidan bunyod etilayotgan “Hazrati Ali” jome masjidida jonliq so‘yilib, qurbonlik qilindi.

Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar ishtirok etib, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lishini so‘rab qur’on tilovatlar qilindi, bugungi osuda kunlar uchun shukronalar aytildi.

Tuman rahbari yangidan bunyod etilayotgan jome masjidi qurilishi bilan yaqindan tanishar ekan, ushbu bunyodkorlik ishlarining barchasi tuman aholisining ma’naviy dunyosini boyitishga, qalblarni ezgulik, yaxshilik hislariga yanada to‘ldirishga xizmat qilishi shubhasizligini ta’kidladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM