Hokimlik xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Bugungi shiddatli zamonda bajarayotgan ishimizga shunchalik kirishib ketamizki, ko‘p hollarda organizmimiz og‘riq orqali bizga “signal” berishiga ham, sog‘lig‘imizda paydo bo‘layotgan muammolarga ham befarqlik qilamiz. 

Oqibatda esa bartaraf etish mumkin bo‘lgan kasallikni ham jiddiy holatgacha yetib borishiga beixtiyor zamin yaratamiz.

Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida bugun Nurobod tumani hokimligi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan hokimlik xodimlarining sog‘lig‘i to‘liq ko‘zdan kechirilib, tibbiy tahlillar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va kerakli tavsiyalar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM