Tuman hokimi S.Berdiqulov rahbarligida mahalla aholisi va yoshlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani 1-sektor hududidagi Tepaqul mahallasi Uyrug‘ul qishlog‘ida tuman hokimi S.Berdiqulov rahbarligida mahalla aholisi va yoshlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan ichimlik suvi, elektr energiyasi, bandlikni ta’minlash, qurilish, ta'lim krideti, turli moddiy yordamlar ajratish masalalarida jami 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa, qolgan murojaatlar ijrosi ma’lum vaqt talab etishi tufayli tegishli mutasaddilar zimmasiga yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM