Tuman hokimi ijtimoiy soha ob'ektlarini borib ko'rdi

Hukumatimiz tomonidan aholi turmush darajasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun ijtimoiy soha ob’ektlarida yanada qulayliklar yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Bugun Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov Oqsoy mahallasidagi Oilaviy shifokorlik punkti, Sazag‘on mahallasidagi tuman tibbiyot birlashmasining hududiy bo‘limida bo‘lib, davolanayotgan bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tuman rahbari Oqsoy mahallasidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, MTTning qish mavsumiga tayyorgarlik holati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, xonalar isitilish darajasi bilan tanishib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM