Nurobod tumanida “Sarikul Mega Agro” MCHJ tomonidan kartoshkachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 1440 gektar yer maydonida ishlar boshlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanida odamlar yillar davomida foydalanib kelgan, “Qizilkarvon” va “Uzku”, “Boshquduq” qishloqlarini lalmikor dalalar orqali bog‘lagan yo‘l tuman hokimligi tomonidan noqonuniy, xaritada qayd etilmagan yo‘l deb topilgani hamda ushbu yo‘l tadbirkor tomonidan buzib tashlangani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Bugungi kunda Nurobod tumani Sarikul mahallasi hududida “Sarikul Mega Agro” MCHJ tomonidan kartoshkachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 1440 gektar yer maydonida agrotexnik ishlar boshlangan bo‘lib, hududning 700 gektariga kartoshka hamda qolgan 740 gektariga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

2023-2024-yillarda loyiha ishga tushishi natijasida jami 25 mln. AQSH dollari investesiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, yer maydonlarida 21 ming tonna kartoshka, 25 ming tonna boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi.

Umumiy yer maydonining 400 gektarida tomchilatib sug‘orish, 1000 gektarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi.

20 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan muzlatgichli omborlar qurilib, 50 ta zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari olib kelinadi.

Loyiha ishga tushishi natijasida 20 nafar doimiy hamda 200 nafar mavsumiy yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xorijiy davlatlardan Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston, Eron va Turkiya davlatlariga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mexnatkash mahallasi Qizilqarvon qishlog‘i hamda Oltinsoy mahallasi Uzku qishloqlarini bog‘lovchi tuproq yo‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasining balansida turmay, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan.

Ushbu tuproq yo‘l qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan lalmi yer maydonidan o‘tganligi, yer maydoni “Sarikul Mega Agro” MCHJga qishloq xo‘jaligi mahsulotlatlarini yetishtirish uchun ajratilganligi hamda Qizilqarvon qishlog‘i va Uzku qishloqlarini bog‘lovchi asfalt hamda tosh-shag‘al qoplamali doimiy foydalaniladigan 2 ta avtomobil yo‘llarining mavjudligi sababli to‘proq yo‘lga aholining ihtiyoji yo‘qligini ma’lum qilamiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM