“Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida nurobodlik Marxabo Usanova “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblari “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” kabi 11 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlandi.

Yakunda O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashining apparat rahbari Marxabo Usanova ishtirok etib, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir davomida “Gender tenglik” faoli ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari ham munosib taqdirlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM