Nurobodda "Otam, onam va men-sportchilar oilasi" musobaqasi o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani IIB xodimlarining oilalari o‘rtasida 1-noyabrdan 30-noyabrgacha "Jismoniy va Jangavor tayyorgarlik oyligi" doirasida "Otam, onam va men-sportchilar oilasi" shiori ostida  "Quvnoq startlar" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Tuman Sport maktabida tashkil etilgan mazkur musobaqada 6 ta oila vakillari jamoalarga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. 

Musobaqada barcha qatnashchilar birdek faollik ko‘rsatib, shartlar bo‘yicha bor kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Gʻolib jamoalar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM