Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida bazaviy hisoblash miqdorlari

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

➖mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;

➖bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m; 

➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;

➖yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 so‘m;

➖nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 so‘m;

➖mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 so‘m;

➖belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 so‘m;

➖zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 568 000 so‘m;

➖ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 568 000 so‘m.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM