Nurobod tumani Sport maktabi tashabbusi bilan kuzgi daraxt ekish mavsumida 600 tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Bugungi kunda Nurobod tumanidagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh yer maydonlariga, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘p qavatli uylar, “yashil maskan”lar uchun ajratilgan yer maydonlari va yo‘llarning yon atroflariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Tumandagi Sport maktabi tashabbusi bilan kuzgi daraxt ekish mavsumida 600 tupdan ortiq daraxt va manzarali buta ko‘chatlari ekildi.

Ushbu mavsum doirasida “yashil maskanlar”ni yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM