Daraxt va manzarali buta ko‘chatlari ekilmoqda

Ayni kunlarda Nurobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarida tuman hokimligi, barcha davlat va nodavlat tashkilotlari rahbar va xodimlari, aholi vakillari faol ishtirok etmoqda.

Bugun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 950 tup, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 350 tup, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi va Nurobod pedagogika kolleji tomonidan 350 tup daraxt va manzarali buta ko‘chatlari ekildi.

Hududlarni yashil maskanlarga aylantirish, bog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM