Nurobodlik yosh paralimpiyachi Urganchbek Egamnazarov bronza medaliga sazovor bo'ldi

Ayni vaqtda Xitoyda bo'lib o'tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan tumandoshimiz Urganchbek Egamnazarov 6.32 metr natija bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi va bronza medalini yurtimiz delegatsiyasi hisobiga qo'shtirib qo'ydi.

U.Egamnazarov 2000-yil Nurobod tumanida tug'ilgan. Bugungi kunda tumanning Sahoba mahallasida doimiy istiqomat qilib kelmoqda.

Para Osiyo o‘yinlarida qatnashayotgan barcha yurtdoshlarimizga omad tilaymiz! 
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM